

Oldinroq London klubi germaniyalik mutaxassisni bosh murabbiylik posti uchun favorit sifatida ko'rgandi. Biroq murabbiy taklifga rad javobini bergan. Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, bu uning uzil-kesil qarori bo'lgan.
Mutaxassis "Chelsi" bilan boshqa muzokara o'tkazmoqchi emas. Hozircha 35 yoshli murabbiyning "Bavariya" bilan shartnomasi bor va mavsum yakuniga qadar u Myunxen klubidan maosh oladi.



