Nacho: "Real" chuqur himoyalanib, g'alaba qozona olishini ko'rsatdi. Odatda biz raqibni chidashga majbur qilamiz"

Aslanov Jasurbek
18 apr 2024, 12:40
Nacho "Real"ning Chempionlar ligasi 1/2 finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi.

Madridliklar javob uchrashuvida "Manchester Siti" bilan 1:1 o'ynashdi va penaltilar seriyasida (4:3) g'alaba qozonishdi.

"Uzoq vaqt chidashimizga to'g'ri keldi, chunki "Siti" tinmasdan hujum qildi. Ammo bu "Real". Biz har doim oxirigacha kurashamiz.

Bunday sinovlarga o'rganmaganmiz. Odatda o'zimiz raqibni chidashga majburlaymiz. Ammo asosiy maqsad yarim finalga chiqish edi. Biz o'zimizni boshqa tomondan ko'rsatdik: chuqur himoyalanib, g'alaba qozona olishizni namoyish qildik" - dedi Nacho.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA