

32 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoaning kelajakdagi rejalaridagi o'rniga oydinlik kiritmoqchi.
Nachoning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, shu bois yanvar oyidan so'ng u boshqa klublar bilan transfer borasida muzokara olib borishi mumkin bo'ladi.
Qayd etilishicha, futbolchining xizmatiga “Roma” va “Vulverxempton” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
La Liganing joriy mavsumida himoyachi “Real” safida 7 ta o'yin o'tkazdi.



