Nacho "Barselona"ga qarshi o'ynay oladi – "Real" himoyachisi diskvalifikaciyasi 2 ta o'yingacha qisqartirildi

Omonjon To`xtamirzayev
16 okt 2023
"Real" himoyachisi Nacho Fernandes klasikoda ishtirok eta oladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik "Jirona"ga qarshi bahsning 93-daqiqasida Kristian Portuga nisbatan keskin harakati uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rilgandi. Natijada, Nacho La Liganing 3 ta o'yiniga chetlatilgandi. 

"Real" bunday qarordan norozi bo'ldi va qo'mita Madrid klubi apellyaciyasini qabul qildi. Himoyachining diskvalifikaciyasi muddati 2 ta o'yingacha qisqartirildi. Nacho bu orada "Osasuna"ga qarshi bahs (4:0)ni o'tkazib yuborib ulgurgan. 

Shunday qilib, Fernandes "Real" "Sevilya" qarshi o'yinida jamoaga yordam bera olmasada, 28 oktyabr kuni "Barselona" bilan bellashuvda maydonga tusha oladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur