

Ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi stadionni ta'mirlash yoki o'rniga boshqa qurish borasida yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Klub egasi Jim Retkliff tomonidan yaratilgan guruh yil oxirigacha o'z takliflarini bildirishi lozim.
Loyiha 2 mlrd. funtdan oshishi mumkin, ammo moliyalashtirish manbasi ma'lum emas.
Retkliff "Old Trafford" o'rnida 100 000 kishiga mo'ljallangan yangi stadion xohlayapti. "Manchester Yunayted"dagilar esa muxlislar fikrigacha hech qanday ishga qo'l urmoqchi emas.



