MYU sobiq a'zosi klubning texnik direktoriga aylandi

Eldor Akmurzayev
10 mar 2021, 21:05
“Qizil iblislar” rahbariyatida yangi tayinlovlar yuz berdi.

Unga ko'ra, klub sport direktori etib Jon Myorto tayinlandi. U 2013 yildan beri klub strukturasida faoliyat olib boradi. Avvalroq esa Myorto “Everton” akademiyasiga rahbarlik qilgan edi.

Yanvar boshida MYU murabbiylar shtabidan joy olgan Darren Fletcher esa endi klub texnik direktori sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, Mett Jaj muzokaralar bo'yicha direktor lavozimini egalladi.

Eslatib o'tamiz, Fletcher 2003-2015 yillarda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib, 340 uchrashuv o'tkazgan va 5 marta Angliya chempionati, 1 bor Yevropa Chempionlar Ligasida zafar quchgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: manutd.com