MYUning sentyabr oyida eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

3 okt 2019, 20:10
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktomini sentyabr oyi yakunlariga ko'ra klubning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.

22 yoshli shotlanliyalik 48 foiz ovoz to'plagan holda, hujumchi Meyson Grinvud (30%) va vinger Deniel Jeymsni (22%) ortda qoldirdi. Maktomini ushbu sovrinni ikkinchi marotaba qabul qilib oldi – birinchisini 2019 yil aprel oyida qo'lga kiritgan. 

Skott sentyabrda APLning uchta o'yinida maydonga tushdi va "Arsenal" darvozasini ishg'ol etdi.


Manba: manutd.com