MYUning ikkinchi chap qanot himoyachisida ham virus aniqlandi

Mirjalol Normatov
15 noya 2020
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles yana bir bor virusga chalindi.

Bu haqda "Metro" xabar bermoqda. Telles oktyabr oyi oxirlarida virusni yuqtirib olib, bir necha o'yinlarni o'tkazib yuborgandi. Ertaga futbolchi yana bir bor test topshiradi. Agarda qayta tekshiruvda ham virus borligi tasdiqlansa, u Urugvayga qarshi o'yinda qatnashmaydi.

Telles ushbu mavsumda APLning birorta o'yinida qatnashmadi. Oldinroq MYUning chap qanot himoyachisi Lyuk Shouda jarohat aniqlangandi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Metro