MYUning bazi futbolchilari ten Xag ketishiga ishonchi komil

Aslanov Jasurbek
16 apr 2024, 00:45
"Manchester Yunayted"dagilarning hammasi ham Erik ten Xag ish joyini saqlab qolishiga ishonmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bazi futbolchilar bosh murabbiy atrofidagi noaniqliklar sabab kelajagi borasida qaror qabul qilishga shoshishmayapti.

Hatto mutaxassis jamoani tark etishiga ishonayotganlar bor.

MYU joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 32ta uchrashuvidan 15tasida g'alabaga erishdi va ayni damda 7-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News