MYUning asosiy futbolchilaridan biri "Partizan"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi

Alisher
7 noya 2019
Bugun "qizil iblislar" "Old Trafford"da "Partizan"ni qabul qilishadi.

"Manchester Yunayted"ning markaziy himoyachisi Viktor Lindelyof Yevropa Ligasi 4-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Viktor tanasining orqa qismidan jarohat olgan.

25 yoshli shved joriy mavsum MYU safida barcha turnirlarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta sariq kartochka olgan.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" va "Partizan" jamoalari o'rtasidagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports