MYUga Belotti bilan shartnoma imzolash taklif etildi

Alisher
29 noya 2020
"Manchester Yunayted" vice-prezidenti Ed Vudvordga "Torino" forvardi Andrea Belotti bilan shartnoma imzolash taklif etildi.

Manchesterliklar rahbariyati klubga bu o'yinchi kerakmi yoki yo'q, buni hal qilishmadi, shu sabab u italiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash variantini bosh murabbiy Ole Gunnar Sulsher bilan muhokama qilmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, Belottiga shuningdek Milanning "Inter" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Italiyalik joriy mavsum A Seriya doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Express