MYU "Vulverxempton" goleadori uchun 62,5 mln funt to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
2 may 2025
"Manchester Yunayted" "Vulverxempton"ning braziliyalik hujumchisi Mateus Kunyani sotib olish ustida ishlamoqda.

Mankunianliklar 25 yoshli braziliyalikni yozgi transfer oynasida safiga qo'shib olmoqchi.

Mateusning tovon puli 62,5 mln funtga teng. "Manchester Yunayted" uni faollashtirishi kutilmoqda.

Kunya joriy mavsum 32 o'yinda 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mateus Ruben Amorim jamoasiga evrokuboklarda qatnashmasa ham qo'shilishga shay turibdi.

MYU hozirda APL turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda, ammo Yevropa Ligasida g'alaba qozonish imkoniyati mavjud.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider