MYU va "Barselona" de Yongning 85 mln evrolik transferi borasida kelishuvga erishishdi. Xavbek o'tishni rad etmoqda

Alisher
12 iyul 2022
"Manchester Yunayted" va "Barselona" 85 million evro evaziga yarim himoyachi Frenki de Yongning transferi borasida kelishuvga erishishdi.

25 yoshli niderlandiyalik esa murabbiy Erik ten Xagning borligiga qaramay, Angliya klubiga o'tishni xohlamayapti.

Qayd etish kerakki, klublar yarim himoyachini ko'ndirishga umid qilishmoqda.

De Yong o'tgan mavsum kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangna.


AlisherMuallif
Manba: Onze