

Belgiyalikning faoliyatini yakunlash qarori noyabrdayoq ma'lum bo'lgandi. O'shanda Fellayni o'ynagan "Shandun Tayshan" murabbiyi bu haqda e'lon qilgandi.
Maruan bugun futboldan ketishini tasdiqladi.
Maruan faoliyati davomida "Standard" bilan Belgiya chempionati va superkubogini yutgan. U "Man Yunayted" bilan to'rtta sovrin (Angliya kubogi, superkubogi, Liga kubogi va Yevropa ligasi)ni qo'lga kiritgan.
U Belgiya terma jamoasi bilan JCH-2018ning bronza medallariga sazovor bo'lgan. Fellayni 2019 yildan beri Xitoyda o'ynayotgandi.



