MYU sobiq futbolchisi qirg'iz klubi bosh murabbiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2023
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis endi qirg'iz klubida ishlaydi.

Bu haqda mutaxassis ishlaydigan "Muras Yunayted" rasmiy sahifalarida e'lon qilindi.

"Navbahor" sobiq bosh murabbiyi va qirg'iz klubi o'rtasidagi bitim 1 yilga mo'ljallangan.


"Muras Yunayted" o'tgan mavsum Qirg'iziston chempionatida 5-o'rinni egallagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia