MYU "Seltik" himoyachisini sotib olmoqchi

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi "Seltik" futbolchisi Kiran Tirniga qiziqib qoldi.

Dail Mail nashrining xabar qilishicha, mankunianliklar chap qanot himoyasidaga muammoni bartaraf etishni istamoqda. Tirni "Manchester Yunayted" sotib olishi kutilayotgan nomzodlardan biri bo'lib turibdi. Bundan tashqari "Yuventus" klubi futbolchisi Aleks Sandro ham ro'yxatdan joy olgan. Tirni Shotlandiya milliy terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning shaxsan o'zi Tirnini kuzatish uchun Shotlandiya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinni tomosha qilgan.


Manba: footballhd.ru