MYU “Real”ga Di Mariya uchun 55 million funt taklif qildi

Aziz Tukhtamuradov
9 avg 2014, 18:44
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya tez orada “Real” klubini tark etishi mumkin.
Bugun futbolchiga asosiy da'vogar bo'lib turgan “Manchester Yunayted” Mariyaga taklif qilayotgan transfer summasini 55 mln. funt sterlingga ko'tardi.

“Qizil iblislar” 26 yashar yarim himoyachi bilan 5 yillik shartnoma imzolashmoqchi. Kelishuvga ko'ra, Anxel haftasiga 120 ming funt sterling maosh oladi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com