MYU - PSJ va "Roma" - "Portu" uchrashuvi hakamlari ma'lum qilindi. YCHL tarixida ilk marta videoassistentlar bo'ladi

Mirjalol Normatov
10 fev 2019, 15:47
12 fevral kuni YCHLning 1/8 finali doirasida o'tadigan ikki o'yinning hakamlari ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, "Manchester Yunayted" - PSJ uchrashuvini italiyalik hakamlar boshqaradi. Qayd etish kerak, musobaqa tarixida ilk marta videoassistentlar ham bo'ladi.

Bosh hakam - Daniele Orsato
Qanot hakamlari - Fabiano Preti va Alessandro Kostanco
To'rtinchi hakam - Daniele Doveri
Videoassistentlar - Marko Gvida va Massimiliano Irrati.

"Roma" - "Portu" uchrashuvida esa gollandiyaliklar ishlaydi.

Bosh hakam - Danni Makkeli
Qanot hakamlari - Mario Diks va Xessel Steegstra
To'rtinchi hakam - Kevin Blom
Videoassistentlar - Pol van Bukel va Kamfus Yoxem.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com