MYU Joao Gomeshga birinchi marta qiziqayotgani yo'q

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022
"Flamengo" yarim himoyachisi Joao Gomesh Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari tomonidan kuzatuvga olingan.

"Qizil iblislar" 21 yoshli futbolchiga birinchi marta e'tibor qaratgani yo'q. Ular Braziliya klubi Anreas Pereyrani "mankunianlar"dan ijaraga olganida unga qiziqish bildirganga o'xshardi, deyiladi manbaning xabarida. Oxir-oqibat Pereyra "Fulxem"ga o'tdi.

Joao Gomesh ushbu mavsumda "Flamengo" tarkibida turli musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi hamda 2 ta asist qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: talkSPORT