

Ispaniya chempionatining 2010/2011 yilgi mavsumi so'nggi tur o'yinida "Saragosa" "Levante"ni mag'lub etib, elitada o'z o'rnini saqlab qolgan edi.
Ushbu o'yin yuzasidan prokuratura ish ochgan. Futbolchilar o'sha o'yinni sotishgani uchun 965 ming evro haq olishgani aytilmoqda.
"Saragosa"ning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Xaver Agirre, Ander Errera va Gabi kabi futbolchilar ham gumon ostiga olinishmoqda.
Oktyabr oyida "Atletiko" sardori Gabi bu uchrashuvni kelishilgan o'yin bo'lganligini aytib o'tgandi.



