“MYU” – “Chelsi”. Mehmonlar birorta ham aniq zarba yo'llay olishmadi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2017, 23:13
“Chelsi” APL 33-turida “Manchester Yunayted”ga (0:2) qarshi bahsda raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba yo'llay olmadi.

Bunday holat “aristokratlar” bilan 2007 yil sentyabridan buyon sodir bo'lmayotgan edi. O'shanda ham londonliklar “Manchester Yunayted”ga qarshi  bahsda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan va darvozaga birorta aniq zarba bera olishmagandi.

Bugungi bahsda “Manchester Yunayted” raqib darvozasiga 9 marta zarba yo'llagan bo'lsa,  uchtasi darvozaga aniq yo'llandi va ushbu zarbalarning ikkitasi golga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta