MYU bilan o'yin uchun uchayotgan "Fenerbaxche" samolyoti avariyaviy qo'nishni amalga oshirdi (foto)

Aslanov Jasurbek
20 okt 2016
Bugun "Fenerbaxche" Manchesterda Yevropa ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari doirasida "Manchester Yunayted" mehmoni bo'ladi.

Bortida "Fenerbaxche" futbolchilari bo'lgan klub samolyoti Angliya tomon uchayotganda Vengriya poytaxti Budapeshtga qo'nishga majbur bo'ldi. Turk klubi "Tvitteri"ning ma'lum qilishicha, samolyot havoda qush bilan to'qnashib ketgan va uchuvchilar oynasi singan.

Ushbu voqea natijasida hech kim shikastlanmagan va majburiy qo'nish bugun bo'lib o'tadigan uchrashuv vaqtiga ta’sir qilmaydi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia