“MYU” 16 yoshli futbolchi uchun kurashda “Man Siti”ni ortda qoldirdi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2018
Polshaning “Lex” klubi himoyachisi Lukash Beyger faoliyatini “Manchester Yunayted” jamoasi tizimida davom ettiradi.

Polsha o'smirlar (U-16) terma jamoasining 16 yoshli futbolchisi o'tgan yilning avgust oyida “MYU”da tibbiy ko'rikdan o'tgan edi. Qishda esa inglizlar Beygerning transferi yuzasidan “Lex” klubi bilan kelishib olishgandi.

E'tiborlisi, ham markaziy himoya, ham o'ng qanot himoyachisi poziciyasida bemalol o'ynay oladigan bu futbolchiga “Manchester Siti” klubi ham jiddiy tarzda qiziqish bildirgandi. Yakunda “Qizil iblislar” “shaharliklar”dan ustun kelishdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: