Myonxengladbaxning "Borussiya" klubini kim boshqarishi ma'lum bo'ldi

Alisher
13 apr 2021
"Ayntraxt" bosh murabbiyi Adi Xyutter mavsum so'nggida Myonxengladbaxning "Borussiya" klubiga ishga o'tadi.

Bu haqda "Gladbax"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ma'lumot bermoqda.

Tomonlar 3 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.

Qayd etish kerakki, Xyutter boshqarayotgan "Ayntraxt" Chempionlar Ligasi uchun jiddiy tarzda davogarlik qilmoqda, "Borussiya" esa mavsum so'nggiga ko'ra, katta ehtimol bilan evrokuboklarsiz qoladi.


AlisherMuallif
Manba: borussia_en