Mxitaryan Manchester derbisigacha safga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 sen 2016, 18:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan "Manchester Siti"ga qarshi Premer-liganing 4-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Mxitaryan Armaniston terma jamoasi safida jarohat olgan edi. Genrix safga qaytishi mumkinligi haqida "qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo ma'lum qildi.

"Manchester Yunayted"da jarohatlar yo'q. Mxitaryan "Siti"ga qarshi maydonga tushishi mumkin. U 90 daqiqa o'ynay oladi deganim yo'q, ammo u jamoaga yordam berishga tayyor" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror