Mxitaryan Konferenciyalar Ligasi finalida jarohat oldi

Alisher
26 may 2022
"Roma" xavbeki Genrix Mxitaryan "Feyenoord"ga qarshi Konferenciyalar Ligasi finalining birinchi taymini oxirigacha etkaza olmadi.

33 yoshli armanistonlik futbolchi 17-daqiqada jarohat oldi va uning o'rnini Serjiu Oliveyra egalladi.

Jarohat tafsilotlari va yarim himoyachining tiklanish muddati keyinroq ma'lum bo'ladi.

Mxitaryan o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia