

Asli Qo'qonlik bo'lgan darvozabon endi o'z ona shahri sharafini himoya qiladigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz M.Abdullaev so'nggi mavsumni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida o'tkazgan.
Kecha futbolchilarimiz O'FFning majlislar zalida , futbol qoidalariga kiritilgan yangi o'zgarishlarga bag'ishlangan seminarda ishtirok etishdi. Seminarni FIFA hakami V.Seytlin o'tkazdi. V.Seytlin yangi mavsumda amalga tadbiq qilinadigan futbol qoidalaridagi o'zgarishlar bilan futbolchilarni tanishtirdi.




