Muxlislar minbari. Pul futbolchini buzadimi?

Xayrulla Xoliqov
21 dek 2021
O'zbekiston futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri Odil Ahmedov faoliyatini yakunlaganini rasman ma'lum qildi.

Odil Ahmedovga ko'p jihatdan havas qilsa arziydi. Ayniqsa, uning "Paxtakor"ga bo'lgan sadoqatiga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Esingizdami, "Bunyodkor" oliy ligaga chiqib, juda katta pullar evaziga ko'pchilikning boshini aylantirgan yillar... 

"Bunyodkor" deyarli barcha kuchli futbolchilarni birin-ketin o'z safiga qo'shib olgan, lekin uy, mashina va katta maosh kabi vadalarga qaramay, Odil Ahmedov baribir "Paxtakor"da qolgandi. Chunki sadoqat hammasidan ustunlik qilgan. Bu haqda u o'z intervyusida ham aytib o'tdi.

Keyin shunday bo'ldiki, Ahmedov chet elda o'ynashga, tabir joiz bo'lsa yaxshi pul topishga ham ulgurdi. Bularning hammasiga vaqt etdi. 

Endi bir o'ylab ko'ring, hozir o'zbek futbolida vaziyat o'zgarganmi? Hozir ham Odil Ahmedovga o'xshagan o'z klubiga sodiq futbolchilar bormi? Yoki pul hammani buzadimi? Marhamat, bu haqda fikringiz bo'lsa, izohda qoldiring.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia