Mustafo Bayramov: "Futbolchilarimiz markazdagi ustunlikni raqibga berib qo'yishdi"

"Navbahor" - "Dinamo" (1:1) o'yiniidan keyin har ikki jamoa bosh murabbiylari o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi. Unda dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Bayramov OAV vakillarining savollariga javob berdi.

- G'uzordagi g'alabadan keyin futbolchilarimizning kayfiyati yaxshi edi – deya gap boshladi, Mustafo Jeferovich. Aynan shu sababdan barchaning hayolida navbatdagi uch ochkoni olish edi.
Uchrashuvni yaxshi boshlagandik. Buning samarasi o'laroq debyutda hisobni ochishga ham erishgandik. Goldan keyin Ayubxon Gapparovning o'zida hisobni oshirish uchun yaxshigina imkoniyatlar bo'lgandi.
1:0 hisobidan keyin futbolchilarimizda qandaydir xotirjamlik ko'zga tashlandi. Tanaffusdan keyin esa nimagadir futbolchilarimiz markazdagi ustunlikni raqibga berib qo'yishdi. Darvozamizga kiritilgan gol ham tushunarsiz holatda ro'y berdi.

Futbolda shunaqasi ham bo'lib turar ekanda. Nima ham qila olardik. Uyda yana ikki ochkoni boy berdik. Xatolarimiz ustida ish olib boramiz.


Manba: www.pfcnavbahor.uz