"Mursiya" prezidenti: "Uni jamoamga olib kelmoqchi edim, biroq u "Real"ning yangi bosh murabbiyi bo'lar ekan"

Mirjalol Normatov
10 iyun 2018
"Mursiya" klubi prezidenti Viktor Galves "Real"ning yangi bosh murabbiyi haqida gapirdi.

"Gutini jamoamga olib kelmoqchi edim. Biroq u "Mursiya"ni boshqarishni istamadi. Chunki u "Real"ning yangi bosh murabbiyi bo'lar ekan", - dedi Galves.

Ayni damda Guti "qirollik klubi"ning yoshlar jamoasi bilan ishlamoqda. Oldinroq Guti dushanba kuni "Real"ning yangi bosh murabbiyi sifatida e'lon qilinishi aytib o'tilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SkySports