Murodjon Ahmadaliev: Bokschi bo'lsamda, meni Kaka deb chaqirishadi

Aziz Tukhtamuradov
28 okt 2016
O'ttiz birinchi Olimpiya O'yinlarining boks bo'yicha vazni 56 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar bellashuvida Murodjon Ahmadaliev terma jamoamiz hisobiga beshinchi bronza medalni qo'shib qo'ygandi.


– Murodjon, charm qo'lqop kiyishingiz tarixi bilan o'rtoqlashsangiz. Bu muxlislar uchun qiziq.

– Boksga qatnab yurgan o'rtoqlarimga qiziqqanman. Dadam maktabda jismoniy madaniyatdan dars berganlar. Sport zaliga ham o'zlari qo'limdan etaklab olib borgan. O'sha paytda besh-olti yoshdagi bola edim. Ikki-uch kun mashg'ulotlarni tomosha qilib, shug'ullanib ko'rdim. Qo'shni qishloqdan kelgan tengdoshim bilan sparring tushdim. Shu tariqa, boksdagi ilk jangimni yutib, muntazam shug'ullana boshladim. Avvaliga kichik-kichik musobaqalarda ishtirok etib yurdim. Keyinroq tajriba to'plab, katta ringga chiqdim.


– Ciceron “Eng katta g'alaba – o'z ustidan qozonilgani”, degandi.

– Xuddi shunday. Inson qachon mag'lubiyatga uchraydi? Uni tan olgan taqdirda. Ochig'ini aytaman, yoshligimda yutqazardim. Raqibning qo'li ko'tarilganida o'zimga-o'zim savol berardim: “Nega, qayerda xatoga yo'l qo'ydim?”. Mag'lubiyatlardan to'g'ri xulosa chiqarib, mashg'ulotlarga zo'r berdim. Menimcha, g'alabaga mag'lubiyat ortidan erishiladi.

– 2012 yilda Erevanda o'tkazilgan Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida engil vazn toifasida (49 kilogramm) ishtirok etgansiz.


– Ha, o'shanda...

Intervyuning to'liq qismini quyidagi sahifada o'qishingiz mumkin > > > Murodjon Ahmadaliev: Bokschi bo'lsamda, meni Kaka deb chaqirishadi



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: erudit-sport.uz