Murod Otajonov: "Har bir futbolchi o'z vazifasini bajargani maqul deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
15 may 2023, 21:44
"Neftchi" - "Bunyodkor" uchrashuvidan (1:0) keyin mehmonlar ustozi Murod Otajonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Murod Otajonov: "Bugungi o'yindagi muxlislik uchun ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborganimiz juda alamli bo'ldi. Bahs har tomonlama og'ir o'tdi. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Navbatdagi bahslarga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Raqib hujumga o'tib, to'p olib qo'yilganda qarshi hujum uchun himoyachilar aniq o'ynay olishmayapti yoki to'pni tepib yuborishdi.

- Vaziyatlar ustida ko'proq ishlashimiz kerak. Vaziyatlar bo'lmasa ham savollar bo'lardi, "nega vaziyat yo'q" deb. Ishlashda davom etamiz.

- Raqib bitta gol farqi bilan g'alaba qozonayotgan paytda bo'ydor O'lmasalievni hujumga chiqarish mumkinmidi?

- Gol ketidan quvib, raqib darvozamizni ishg'ol qilishi mumkin edi. Har bir futbolchi o'z vazifasini bajargani maqul deb o'ylayman.

- Kubok bahsida huddi shu stadionda ushbu jamoalar to'qnash kelishgandi. O'sha o'yin va bugungi bahsdagi farq haqida gapira olasizmi?

- Kubok o'yinida yarim tarkibni o'zgartirib, yoshlarga imkon berganmiz. "Netfchi" ham boshqa tarkibda maydonga tushgan edi. Ikkala jamoa ham yoshlarni ko'rib olgan. Kubok va chempionat o'yini farqi shunda.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia