Bugun har ikki futbolchi terma jamoa joylashgan mehmonxonani tark etishdi. Bunday qarorga bosh murabbiy Kvesi Appia kelgan.
Gap shundaki, jamoaning tonggi yig'ilishida Appia ikkala futbolchiga murojaat qilib, mahalliy vaqt bilan soat 10.00gacha mehmonxonani tark etishga chaqirgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, ikki kun avvalgi mashg'ulot chog'ida Muntari va Boateng urishib kyetishgan. Bu voqea Kevin-Prinsning bosh murabbiyni haqorat qilganidan so'ng boshlangan. Muntariga jamoadoshining bosh murabbiyga aytgan so'zlari yoqmagan.
Natijada dahanaki jang boshlangan. Bu esa haqli ravishda har ikki futbolchining terma jamoadan haydalishi bilan yakun topdi. Yaqingacha Muntari va Boateng “Milan” sharafini himoya qilishgan va qalin do'st bo'lishgandi.
Gana terma jamoasiga oid yana bir ma'lumot, bugun mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan vada qilingan 3 million dollar mehmonxonaga etkazilgan. Xabarlarga ko'ra, har bir futbolchi taxminan 100 ming dollardan mukofot puli olgan. Aytilishicha, Boateng va Muntariga bir cent ham berilmagan.