Mullajonov, Salomov, Erkinov va bir qator futbolchilar “Buxoro” yig'inida

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2018, 21:47
Xabaringiz bo'lsa kerak, “Buxoro” jamoasi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini ayni damda Toshkentda olib bormoqda.

Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, mashg'ulotlar asosan jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan. Shu bois bugungi kundagi mashg'ulotda ham futbolchilar asosan jismoniy yuklamalarni olish bilan mashg'ul bo'ldi. 

O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan ayrim futbolchilar bilan xayrlashilgani xususida xabar bergandik. Ularning o'rnini to'ldirish maqsadida murabbiylar bir qator futbolchilarni jamoaga taklif etgan. Xususan bugungi mashg'ulotlarda ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan, Shavkat Mullajonov, Rahmatullo Berdimurodov (“Olmaliq”), Shavkat Salomov (“Atirau”- Qozog'iston), Shahboz Erkinov (“Nasaf”), Sardor Sulaymonov (“Dinamo”) hamda Behruz Sadillaev (“Paxtakor”) singari futbolchilar ishtirok etdi.

Ushbu yig'in chog'ida jamoa bir nechta sinov-nazorat o'yinlarida ham maydonga tushadi. Hozircha sparring-raqiblarning nomi ma'lum emas.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати