Muhammadjavod Husayniy: "Har qanday turnirning ilk o'yini qiyin bo'ladi"

Omonjon To`xtamirzayev
6 sen 2023
Eron U23 terma jamoasi futbolchisi Muhammadjavod Husayniy saralash bosqichi to'g'risida fikr bildirdi.

"Bugun Hong Kongga qarshi ilk o'yinimizni o'tkazamiz. Har qanday turnirning ilk o'yini qiyin bo'ladi. Raqib jamoa haqida ko'p ma'lumotga ega emasmiz. Shunga qaramay, o'z o'yinimizni namoyish etamiz va g'alaba qozonamiz. Jamoadagi muhit ajoyib", dedi "Sepahon" yarim himoyachisi. 


Eslatib o'tamiz, Eron U23 terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida O'zbekiston, Afg'oniston va Hong Kong bilan bir guruhdan joy olgan. Guruh bosqichi g'oliblari va eng yaxshi natija qayd etgan to'rtta terma jamoa qita turnirida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia