Muhammadali O'rinboev: "Maqsadimiz - Jahon chempionatida O'zbekistonning eng yaxshi natijasini qayd etish"

Narzulla Saydullayev
25 sen 2024
O'zbekiston U-20 terma jamoasi sardori va yetakchisi Muhammadali O'rinboev Nepalga qarshi bahsdan keyin championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Dastlabki ikkita bahs biz uchun sinov o'yinlari edi. Chunki o'z oldimizga katta maqsadlarni qo'yganmiz. Keyingi ikkita bahsda ham g'alaba qozonib, yuz foizli natija bilan, gol o'tkazmay, Osiyo kubogiga chiqmoqchimiz. Biz Osiyo kubogi orqali Jahon chempionatiga yo'llanma olib, mundialda O'zbekiston tarixida qayd etmagan eng yaxshi natijaga erishmoqchimiz.

Jamoamiz juda kuchli, Kambodjani 7:0, Nepalni 6:0 hisobida mag'lub etdik. Xitoy Taypei va Bahraynga qarshi uchrashuvlarda ham yirik g'alabalarni qo'lga kiritishni xohlaymiz. Lekin bir narsani to'g'ri tushunib turibmiz, yirik g'alabalardan keyin havolanib ketish yoki bo'shashish kerak emas", - dedi Muhammadali O'rinboev.

Ma'lumot uchun, O'rinboev dastlabki ikkita uchrashuvda 1ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia