Muhammad Saloh yozda Saudiyaga ko'chib o'tishi mumkin. Saudiyaliklar unga qancha oylik taklif qilgani ma'lum

Khoja
31 okt 2025
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh yozda jamoani tark etishi mumkin.

Joriy mavsum ishlari yaxshi kechmayapgan mirslik futbolchiga Saudiya Arabistoni jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar Salohga yiliga 170 million evro maosh berishga tayyor. Manba bergan xabarga ko'ra, misrlik futbolchiga kelajakda klubda ulush olish va turizm elchisi bo'lish huquqi ham taklif qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, Saloh joriy mavsum 13 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golga assistlik qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com