Muhammad Saloh "Oltin butsa" uchun kurashni muddatidan avval yakunlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 apr 2018
Angliya Premer-ligasi to'purari, "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Yevropa "Oltin butsa"si uchun kurashdan chiqishi mumkin.

Misrlik "Stok Siti"ga qarshi APLning 36-tur uchrashuvida raqib himoyachisi Bruno Martins Indining boshiga tirsagi bilan zarba berishga urindi. Ushbu vaziyatni bahs bosh hakami ko'rmay qoldi. Ayni payta FA qo'mitasi ushbu holatni o'rganib chiqmoqda. Qaror 24 soat ichida e'lon qilinadi va Saloh bir nechta o'yinga chetlatilishi mumkin.

Agar futbolchi diskvalifikaciya qilinsa bir mavsum "Liverpul" safida APL o'yinlarida gol urish bo'yicha Luis Suaresning rekordini (32ta gol) yangilay olmaydi va Yevropa "Oltin butsa"si uchun kurashdan chiqadi.

"Oltin butsa". Sovrin uchun kurashda Saloh ikkinchi o'rinda (TOP-15)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun