Muhammad Saloh APL to'purarlari ro'yxatida Anridan o'zib ketdi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2025
Muhammad Saloh APL tarixidagi to'purarlar jadvalida 7 o'ringa chiqib oldi.

"Liverpul" vingeri "Ispvich"ga qarshi bahsning 35 daqiqasida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Unga golli pasni Kodi Gakpo berdi.

Misrlik Premer-ligadagi o'zining 176 golini urdi va Terr Anridan o'zib ketdi. Undan tepada Frenk Lempard (177), Serxio Aguero (184), Endi Koul (187), Ueyn Runi (208), Xarri Keyn (213) va Alan Shirer (260) bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com