Muhammad Isaev va Abdurahmon Abdulhaqov "Metallurg"ga qaytdi, bir nechta futbolchilar bilan shartnomalar bekor qilindi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2021
"Metallurg" tarkibda bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi.

"Metallurg" quyidagi futbolchilar bilan 2022 yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi:

Bobur Davlatov - "Nefteximik", Rossiya

Farruxjon Ibragimov - "Lokomotiv" 

Abduvosid Vosidjonov - "Rubin" 

Anvar Husanov - erkin agent.

Ibrohim Ibragimov erkin agent sifatida "Metallurg" bilan 2024 yil oxiriga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. "Paxtakor" futbolchisi Ruslan Roziev mavsum yakuniga qadar "Metallurg"ga ijaraga berildi.   

"Metallurg" mavsum boshida "Neftchi" ijaraga berilgan Xudoyshukur Sattorovni, "Andijon"ga ijaraga bergan Muhammad Isaevni, "Turon"da ijarada o'ynagan Abdurahmon Abdulhaqovni yana Bekobodga qaytardi.

Shuningdek, "Metallurg" Akbar Qo'chqorov hamda Jasurjon Rahimovni vaqtinchalik O'zPFL ro'yxatidan chiqardi. Olimjon Akbaraliev, Rustamjon Pozilov, Muhsin Bozorov, Doniyor Narzullaev kabi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar esa bekor qilindi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz