Moyze Kin: “Menda har kuni Neymar va Mbappedan o'rganish imkoniyati bor”

Aslanov Jasurbek
8 dek 2020
PSJ hujumchisi Moyze Kin YCHL guruh bosqichi 6-turi doirasida “Istanbul”ga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bu erda bo'lishdan baxtliman. Jamoadoshlarim va muxlislar uchun borimni berishni xohlayman. Menda har kuni Neymar va Mbappedan o'rganish imkoniyati bor. Hammasi men uchun yaxshi kechmoqda. Maydonda borimni berish va jamoaga katta maqsadlarga erishishda yordam ko'rsatish menga yoqadi. Oldinda “Istanbul”ga qarshi yana bir yaxshi o'yin kutib turibdi. Tarix tarixda qoldi. Ularda yaxshi jamoa bor. Biz keyingi bosqichga chiqishga bor diqqat-e'tiborimizni qaratganmiz”, - deydi Kin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA