Mourinyuning "Fenerbaxche"si Abduqodir Husanov bo'yicha taklif bilan chiqmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2024
Qishki transfer oynasida himoyasini kuchaytirish ustida bosh qotirayotgan "Fenerbaxche" "Lans"da to'p tepayotgan Abduqodir Husanovga ko'z tikdi.

Superliga chempionligini o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan "Fenerbaxche" tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Joze Mourinyu himoyani kuchaytirish niyatiida. Qidiruvni boshlagan "kanareykalar" kun tartibida kutilmagan nom paydo bo'ldi. Himoya markazi uchun 2 nafar futbolchi sotib olishni o'ylayotgan "Fenerbaxche" "Lans" sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanov foydasiga qaror chiqardi.

"Sabah" nashri xabariga ko'ra, 20 yoshli o'zbekistonlik futbolchi yuzasidan Fransiya jamoasiga rasmiy taklif yuboriladi. Transfer bahosi 12 mln evroga teng bo'lgan Xusanovni Angliya jamoalari ham kuzatib bormoqda.

Abduqodir Husanov joriy mavsum "Lans" safida 16 o'yinda maydonga tushdi. 20 yoshli markaziy himoyachi ushbu uchrashuvlarda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sabah