Mourinyu: "Hakam Mourinyuga kartochka ko'rsatganman deb maqtanib yuradi"

Alisher
9 fev 2022, 12:54
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Inter" (0:2)ga qarshi Italiya Kubogi 1/4 finali doirasidagi o'yindan so'ng bosh hakam Marko Di Belloning ishi haqida gapirdi.

"Albatta, ikkinchi gol o'yin tizginini o'zgartirdi, shuningdek hakamga ham ta’sir ko'rsatdi. Ikkinchi golga qadar u [hakam] taktik tomonlama ajoyib tayyorgarlik ko'rgan deb o'yladim, ammo shundan so'ng u boshqacha hakamlik qila boshladi", - deydi portugaliyalik.

Mourinyu shuningdek unga hakam bilan kelisha olmagani uchun sariq kartochka ko'rsatilgani haqida gapirdi.

"Bu uning tarjimai holi uchun yaxshi - Mourinyuga sariq kartochka ko'rsatish", - deb hazillashdi murabbiy.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia