

Portugaliyalik mutaxassis bunday mavzularni muhokama qilish niyatida emasligini va o'z kelajagi atrofidagi spekulyaciyalarda ishtirok etmasligini ochiq-oydin bildirib o'tdi.
"Sovunli operalar (uzoq davom etadigan seriallar – tahr.) borasida menga ishonmang. Yaxshi sovunli operalar bo'ladi, lekin ular juda uzun. Agar 1-2 qismini o'tkazib yuborsangiz, butunlay chalkashib ketasiz. Menga umid bog'lamang, chunki men sovunli operalar tomosha qilmayman", – dedi Mourinyu.
Avvalroq Peres Mourinyuni "Real"da ko'rishni istayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.



