Mourinyoga "Norvich" himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
3 iyun 2021
"Norvich" himoyachisi Maks Aarons "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, futbolchining o'yinlarini Joze Mourinyo diqqat bilan kuzatib borgan va uning xizmatlari orqali o'ng qanot himoyasini yaxshilamoqchi.

"Transfermarkt" portali futbolchini 20 mln evroga baholagan. U o'tgan mavsum Chempionshipda 45 o'yinda qatnashib, gol+pas tizimida 7 ochko jamg'ardi.

Uning xizmatlariga ancha vaqtdan buyon "Arsenal" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato