Mourinyo: "PSJ? Bilmayman. Ammo, MYU mening oxirgi jamoam emas"

Aziz Tukhtamuradov
15 okt 2017
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo PSJ bosh murabbiyi bo'lish haqidagi savolga javob berdi.

"Bilmayman. Faqatgina bir gap aytishim mumkin. Men doimo o'z oldiga katta maqsadlarni qo'yadigan, yangi narsalarga intiladigan murabbiy bo'lib qolaman. Ishonchim komilki, murabbiylik faoliyatimni "Manchester Yunayted"da tugatmayman", - deydi portugaliyalik murabbiy.

Avvalroq, manchesterliklar Mourinyoga 5 yillik yangi shartnoma taklif qilganliklari haqida xabarlar tarqalgandi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: tf1.fr