Mourinyo o'ziga yangi laqab to'qidi

Mirjalol Normatov
19 noya 2020
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o'ziga yangi laqab to'qidi.

"O'zgacha" eskirdi, endi men "tajribali"man. Meni shunday deb atayvering. Chunki juda katta tajriba to'pladim.

Ayni damda futbolda men bilan bo'layotgan voqealarning barchasi oldin ham bo'lgan.

Shunday kasblar borki, ularga alohida jismoniy holat kerak bo'ladi. Agarda sen Zlatan Ibragimovich bo'lmasang, 40 yoshgacha futbol o'ynay olmaysan.

Murabbiy bo'lish uchun senga faqatgina ajoyib miya kerak", - dedi Mourinyo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal