Mourinyo: "MYU Moratani sotib olmoqchi edi, lekin "Real" bilan kelisha olmadi"

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2017
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real" hujumchisi Alvaro Morataning amalga oshmay qolgan transferi borasida gapirib o'tdi.
"Bizga tegishli bo'lmagan futbolchilar haqida gapirishni yoqtirmayman. Morata "Real"ning o'yinchisi. Ha, MYU Morataga qiziqqan va bu hammaga birdek ma'lum edi. Yana shunisi ham ma'lumki, biz moliyaviy tomondan kelisha olmadik. Lekin, o'z futbolchisi uchun qancha xohlasa, shuncha so'rash "Real"ning huquqi. Narxni "Real" belgiladi va biz kelisha olmadik. Hammasi oddiy", - dedi Mourinyo.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com