Mourinyo - MYU haqida: "Odamlar yana bir mavsumni sovrinsiz o'tkazgan bo'lsa-da, fikrlar pozitiv"

Mirjalol Normatov
9 iyun 2021
Joze Mourinyo "Manchester Yunayted"dagi faoliyatini yodga oldi.

- MYUdagi dastlabki mavsumimda uchta sovrin yutdik va men bundan-da ko'prog'ini istadim. Men realist insonman. Yevropa ligasi va Angliya liga Kubogini yutganimizdan keyin yuqori natija uchun bunday futbolchilar bilan harakat qilib bo'lmasligini tushundim.

Hozirda odamlar: "Yaxshi mavsumni o'tkazdik, ikkinchi o'rinni egalladik", deyishmoqda. Mening qo'l ostimda esa: "Naqadar yomon mavsum. Ikkinchi o'rindamiz", deyishardi.

- Nima uchun?

- MYU menga juda yoqadi. Muxlislar menga doimo yaxshi munosabatda bo'lishgan. Ammo mening davrimda ular mendan ko'prog'ini kutishgandi. Hozirda esa holat juda boshqacha.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal