Mourinyo: "Muxlislarni tanqid qila olmayman. Biz xato qildik"

Omonjon To`xtamirzayev
12 dek 2024
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa Ligasi doirasidagi "Atletik" bilan o'yinga (0:2) izoh berdi.

Xabarlarga ko'ra, turk jamoasi muxlislari klub prezidenti Ali Kochning iste'fosini talab qilishgan.

"Men futbolchilarimni g'ildirak tagiga tashlamayman, xotirjamlikni saqlab qolish muhim. Futbolchilarimiz safga qaytishadi. Oldinda boshqa o'yinlar bor.

Uxlay olsam bugun, bo'lmasa ertaga, "Istanbul"ni o'rgana boshlayman. Kelajakda erishmoqchi bo'lgan natijalarimizni inobatga olsak, hozir biz o'tish davridamiz.

Muxlislarning munosabati bo'yicha fikr bildira olmayman. Ular klubning muhim bo'lagi. Men esa ularga xizmat qilishimiz kerak. Ularni tanqid qila olmayman, biz xato qildik".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: goal.com